Yevropa Ittifoqi Ukrainadan don mahsulotlari importiga qoʻyilgan cheklovni uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi komissiyasi Ukrainadan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini import qilish bo'yicha qabul qilingan yangi qarorlarni e'lon qildi.

1995844
Yevropa Ittifoqi Ukrainadan don mahsulotlari importiga qoʻyilgan cheklovni uzaytirdi

 

Yevropa Ittifoqi Polsha, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya tomonidan Ukrainadan don mahsulotlari importiga qoʻyilgan cheklovni 15-sentyabrgacha uzaytirdi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi Ukrainadan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini import qilish bo'yicha qabul qilingan yangi qarorlarni e'lon qildi.

Shunga ko'ra, 2 may kuni Polsha, Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya uchun kuchga kirgan va bugun yakunlangan Ukrainadan bug'doy, makkajo'xori va kungaboqar importi bo'yicha istisno va vaqtinchalik choralar 15 sentyabrgacha davom etadi.

Bu jarayonda 5 ta davlat Ukraina g‘allasini Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa mamlakatlarga jo‘natishini oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmaydi.

Bu davlatlar o'rim-yig'im mavsumi oldidan jiddiy logistika muammolari va donni saqlash sig'imlarining cheklanganligi sababli Ukraina doniga cheklovlarni davom ettirishni talab qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Yevropa ittifoqi

Aloqador xabarlar