Ruslar tomonidan asirga olingan 106 nafar ukrain askar uyiga qaytdi

Bugun, 25 may kuni Rossiya va Ukraina orasida yana bir mahbus almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.

1991041

Uning ta’kidlashicha, 106 nafar ukrainalik harbiy uyiga qaytgan. Ular orasida 8 nafar ofitser, 98 nafar askar va serjantlar bor. Ularning barchasi Baxmut yo‘nalishida jang qilishgan.

“Ozod qilinganlarning ko'pchiligi bedarak yo'qolgan deb hisoblandi. Bu kishilarning yaqinlari qiyin bir jarayondan o'tdi. Ular Baxmut uchun kurashib, dushmanning Sharqiy hududlarimiz qa’riga borishiga imkon bermagan. Ularning har biri davlatimiz qahramoni. Bizning haqiqiy uyimiz – biz haqimizda o‘ylanadigan joy. Biz birgalikda qurayotgan Ukraina esa inson, fuqaro eng oliy qadriyat bo‘lgan joy. Odamlar haqida qayg‘uradigan mamlakat. Jamiyatimiz shunday toifalarda fikr yuritadi”, deydi Andrey Yermak.

Bundan tashqari, Andrey Yermak barcha ukrainaliklar vatanlariga qaytarilishini, shuning uchun bu boradagi ishlar davom etayotganini ta’kidlagan.

Avval ham Rossiya va Ukraina o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tgan, unda 45 kishi Ukrainaga qaytgandi.

Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar