Asad rejimi chegara darvozalarini yana 3 oy ochiq tutish haqida qaror qabul qildi

Asad rejimi Oʻnjupinar (Bab Al Salam) va Choʻbanbey (Al Rai) chegara darvozalarini yana 3 oy ochiq tutish haqida qaror qabul qildi.

1986194
Asad rejimi chegara darvozalarini yana 3 oy ochiq tutish haqida qaror qabul qildi

Suriyadagi Bashar Asad rejimi, Oʻnjupinar (Bab Al Salam) va Choʻbanbey (Al Rai) chegara darvozalarini insonparvarlik yordami uchun yana 3 oy ochiq tutish haqida qaror qabul qilgani bildirildi.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibining gumanitar masalalar boʻyicha oʻrinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffits Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lumot boʻlishdi.

Griffits unda:

“Oxirgi 3 oydan beri Oʻnjupinar bilan Choʻbanbey chegara darvozalari 6-fevraldagi yer silkinishidan jabr koʻrgan suriyaliklarga yordam yetkazib berish uchun muhim rol oʻynadi.  Suriya hukumatining (mazkur darvozalarni) yana 3 oy BMT yordamiga ochiq tutish haqida qaror gabul qilishi quvonarli”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Eslatib oʻtamiz:

Suriyadagi Asad rejimi, 6-fevral kuni sodir boʻlgan va oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishi ortidan Oʻnjupinar (Bab Al Salam) va Choʻbanbey (Al Rai) chegara darvozalarini BMTning insonparvarlik yordami uchun yana 3 oy ochiq tutish haqida qaror qabul qilgandi.

Asad rejimi bugun ertalab muddati tugagan bu ikki chegara darvozasini yana 3 oy, aniqroq qilib aytganda joriy yilning 13-avgustigacha insonparvarlik yordami olib oʻtilishi uchun foydalanilishiga ruxsat berdi.

Insonparvarlik yordami uchun BMT Xavfsizlik kengashi qarori bilan ruxsat berilgan yagona chegara darvozasi Jilvegoʻzu (Bab Al-Hava) esa joriy yilning 10-iyuligacha ochiq turadi.

 



Aloqador xabarlar