Rossiya moldovalik diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Moldova ham 19 aprel kuni rus diplomatini “persona non grata” deb e’lon qilishga qaror qilgani eslatildi.

1979289
Rossiya moldovalik diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi

 

Rossiya Moldovaning Moskvadagi elchixonasida ishlayotgan diplomatni “persona non grata” deb e’lon qilishga qaror qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Moldova ham 19 aprel kuni rus diplomatini “persona non grata” deb e’lon qilishga qaror qilgani eslatildi.

Shu sababdan Moldovaning Moskvadagi elchisi Lilian Dariy vazirlikka chaqirilgandi.

"Kishinyovning Rossiyaga qarshi tashlagan dushmanona qadamlariga norozilik bildirildi. E'tiroz notasi berildi" deyiladi bayonotda.

Shuningdek, ayrim Moldova rasmiylarining Rossiyaga qarshi bayonotlari va Moldovaning Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridagi ishtiroki tufayli Rossiyaga kirishi taqiqlangani taʼkidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Moldova

Aloqador xabarlar