Guterrish bilan Bayden musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan AQSh Davlat rahbari Jo Bayden musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

1977810
Guterrish bilan Bayden musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish musulmon olamini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Guterrish ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ezgu tilaklarini bildirar ekan ayni vaqtda:

 “Hammamiz bu bayramning hamjihatlik va mehr-shavqat ruhidan ilhom olishimiz mumkin”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Bayden ham musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

O‘z so‘zida: “Sizlar muborak ramazon oyini yakunlab, Ramazon hayitini qutlar ekan mamlakatdagi va dunyodagi barcha musulmon aholisiga eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi. Shuninhdek Bayden, musulmonlarning fitra ibodati orqali muhtojlarga oziq-ovqat va sadaqa berib, mardlik qilishidan qattiq ta’sirlanganiga e’tibor qaratdi.

Bayden so‘zlari davomida, Ramazon hayitining dunyoning to‘rt burchagidagi to‘qnashuvlar, yo‘qsillar, ochlik va kasallikka chidagan hamda uy-joylaridan mahrum bo‘lgan musulmonlar yodga olingan, yaxshilik va tafakkurga atalgan muborak oyning tamomlanishi ekanini qayd etdi.

Yetakchilikning islomofobiya kabi har qanday nafrat jinoyatlariga qarshi kurashishda qarorli ekanini tilga olgan Bayden, mamlakatning to‘rt burchagida bir necha sohada Amerikaga hissa qo‘shgan musulmonlarni taqdirlash uchun Ramazon hayitini Oq uyda nishonlashdan faxrlanishini bildirdi.

Bayden tabrik so‘zini, “Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!”-degan ifoda bilan yakunladi.

 

 



Aloqador xabarlar