Yevropa Ittifoqi Sudandagi mojarolarni qoraladi

Yevropa Ittifoqi (YI) Sudandagi mojarolarni qoralashini va zudlik bilan doimiy sulh bitimini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.

1977477
Yevropa Ittifoqi Sudandagi mojarolarni qoraladi

 

Yevropa Ittifoqi (YI) Sudandagi mojarolarni qoralashini va zudlik bilan doimiy sulh bitimini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Josep Borrell, Yevropa Ittifoqi nomidan bergan bayonotida, Sudanda armiya bilan harbiylashtirilgan Tezkor qo'llab-quvvatlash kuchlari (HDK) o'rtasidagi to'qnashuvlarni qoralaganliklarini, to'qnashuvlar mintaqaviy beqarorlikka ham sabab bo'lishi mumkinligini bildirdi.

Tomonlar xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishga taklif qilgan Borrell zudlik bilan shartsiz otashkesimga chaqirdi. Gumanitar yordamlarning kirishiga ham ruxsat berilishi kerakligini ifoda etgan Borrell, Ramazon hayiti munosabati bilan otashkesimni qo'llab-quvvatlashlarini qayd etdi.

Vena konventsiyasi doirasida diplomatik vakolatxonalarning daxlsizligiga hurmat ko'rsatishning ahamiyatiga diqqat qaratgan Borrell, Yevropa Ittifoqi fuqarolarining mamlakatdagi xavfsizligi ta'minlanishini xohladi.

Borrell, tashqi ishtirokchilar mojaroni avj oldirishdan qochishlari kerakligini ta'kidlab, mintaqaviy va xalqaro vositachilik sa'y-harakatlarini ham qo'llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qaroladi , #To'qnashuv , #Sudan , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar