Sudan markazida otishma va portlashlar sodir bo‘lmoqda

Sudanda 15-aprel kuni armiya va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To'qnashuvda 83 kishi halok bo'ldi, 1126 kishi tan jarohati oldi.

1975941
Sudan markazida otishma va portlashlar sodir bo‘lmoqda

 

Sudanda 15-aprel kuni armiya va tezkor harakat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To'qnashuvda 83 kishi halok bo'ldi, 1126 kishi tan jarohati oldi.

Sudan armiyasi va harbiylashtirilgan tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlari mamlakatning boshqa muhim ob’ektlarini nazorat qilish uchun kurashmoqda. 

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bayonotida qayd etildi.

"15 apreldan buyon Xartum, Janubiy Kurdufan, Shimoliy Darfur va Shimoliy shtatlar va turli mintaqalardagi mojarolarda kamida 83 kishi halok bo'ldi, 1126 kishi jarohat oldi. Eng kuchli to'qnashuvlar Xartumda bo'lib o'tmoqda",-deyiladi bayonotda.

JSST barcha tomonlarga xalqaro gumanitar huquq doirasida yaradorlarni, bemorlarni, tinch aholini, tibbiyot xodimlarini, tez yordam mashinalarini va sog'liqni saqlash muassasalarini himoya qilish majburiyatlarini eslatdi.

Vazirlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, poytaxt Xartumning Bahri tumanidagi Sudan kon vaziri Muhammad Bashirning uyiga 2 ta raketa tushgan.

Hodisada vazirning oilasidan 2 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi tan jarohati oldi. Ulardan 2 nafari tansoqchi bo‘lgan. Vazir Bashir omon qolgan.

Armiya voizi tomonidan berilgan bayonotda, tezkor harakat kuchlari yarim harbiylashtirilgan kuchning poytaxtdagi qo'shin qarorgohidagi ba'zi binolarni nishonga olib, snayperlar bilan hujum uyushtirgani bildirildi.

Tezkor harakat kuchlari jangarilarini vataniga xizmat qilish uchun armiyaga chaqirilgan. 

"Kuchlarimiz izchil va qo'llaridan kelganini qilib, o'z vazifalarini yaxshi bajarmoqda. Vaziyat tez orada hal bo'ladi. Umid qilamizki, bu qilmishda davom etayotganlar o'zlariga kelishadi va bu bezovta qiluvchi dahshat tugaydi",-deyiladi bayonotda.

Kecha, 15 aprel kuni avj olgan to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Sudan

Aloqador xabarlar