Burkina-Fasoda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha safarbarlik e'lon qilindi

Bayonotda, safarbarlik e’lon qilinishidan maqsad terrorizmga qarshi kurashda har qanday qadam tashlash uchun huquqiy asos yaratish ekanligi qayd etildi.

1974864
Burkina-Fasoda terrorizmga qarshi kurash bo'yicha safarbarlik e'lon qilindi

 

Burkina-Fasoda so'nggi paytlarda kuchaygan terror hujumlariga qarshi kurashish uchun safarbarlik e'lon qilindi.

Prezidentlik tomonidan berilgan bayonotda, yil boshidan beri davom etayotgan terror hujumlariga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida umumiy safarbarlik e’lon qilingani ma’lum qilindi.

Bayonotda, safarbarlik e’lon qilinishidan maqsad terrorizmga qarshi kurashda har qanday qadam tashlash uchun huquqiy asos yaratish ekanligi qayd etildi.

Safarbarlikning qanday amalga oshirilishi haqida batafsil ma'lumot berilmagan bo'lsa-da, ba'zi manbalar terrorizmdan eng ko'p zarar ko'rgan hududlarda favqulodda holat e'lon qilinishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biri Burkina-Fasoda 2015-yildan buyon qo‘shni Malidagi Al-Qoida va Daishga aloqador terrorchilik guruhlari hujumlar uyushtirmoqda.

O'tgan hafta Niger chegarasiga yaqin ikki qishloqqa uyushtirilgan hujumlarda 44 kishi, fevral oyida shimolda uyushtirilgan yana bir hujumda 51 askar halok bo'lgan edi.

Hujumlarning kuchayishi munosabati bilan oy boshida Bosh shtab rahbari almashtirildi va bu lavozimga Selestin Simpore tayinlandi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar