Peskov “Don yo‘lagi kelishuvi”ni uzaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi

Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga kun tartibidagi masalalar ustidan bayonot berdi.

1974085
Peskov “Don yo‘lagi kelishuvi”ni uzaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi

Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov Don yo‘lagi kelishuvining Rossiyaga tegishli qismi bajarilmagani va kelishuv muddatini uzaytirish ehtimoli kamligini bildirdi.

Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga kun tartibidagi masalalar ustidan bayonot berdi.

Turkiya, Ukraina, Rossiya va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘rtasida 22-iyul kuni Istanbulda imzolangan Don yo‘lagi kelishuvini uzaytirish imkoniyati haqidagi savolga javob bergan Peskov, nomi tilga olgan kelishuvning Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jo‘natish bilan bog‘liq qismi e’tiborsiz qolinganini qayd etdi.

Peskov mavzu haqida,

“Kelishuv to‘liq emas, 60 kunga uzaytirildi. Chunki bu kelishuvning yarmi amalga oshirilmadi, vaziyat bugun ham shunday. BMT vakillarining bu boradagi tashabbusidan xabarimiz bor ammo kelishuvning ikkinchi qismi haligacha bajarilmadi. Hech qanday kelishuv bir oyoqda turolmaydi, u ikki oyoq ustida turishi kerak. Bu jihatdan qaraganda (kelishuvni uzaytirish) ehtimol kam”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar