AQSh va Filippin Janubiy Xitoy dengizida harbiy mashg'ulot o'tkazmoqda

Amerika Qo'shma Shtatlari va Filippin Xitoy Tayvan atrofidagi keng ko'lamli mashqlarni yakunlaganidan bir kun o'tib, tarixdagi eng yirik qo'shma harbiy mashg'ulotlarni boshladi.

1972877

Taxminan 18 ming askar ishtirok etgan "Balitakan" (elkama-elka) mashqlari Janubiy Xitoy dengizida amalga oshirilmoqda.

Mashq davomida haqiqiy o‘q-dorilar qo‘llanilishi ma’lum qilindi.

Ushbu mashq Xitoyning Tayvanni blokadasini taqlid qilgan 3 kunlik mashqlari tugaganidan keyin boshlandi.

Harbiy mashg'ulotlar shuningdek, Tayvandan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan orol hududiga harbiy vertolyotlarning qo'ndirilishini ham o'z ichiga oladi.

Mashg‘ulotlar Filippin prezidenti Ferdinand Markos nazorati ostida ilk bor o‘tkazilmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Filippin , #AQSh

Aloqador xabarlar