BMT afg‘on ayollarning BMT idoralarida ishlashi taqiqlanganini qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk, Afg'onistonda ayollarning BMT bilan ishlashlari taqiqlanganini tanqid qildi.

1970676
BMT afg‘on ayollarning BMT idoralarida ishlashi taqiqlanganini qoraladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk, Afg'onistonda ayollarning BMT bilan ishlashlari taqiqlanganini tanqid qildi.

Turk yozma bayonotida, Tolibon rasmiylarining afg'on ayollarining BMT bilan ishlashlarini taqiqlash qarorini "butunlay jirkanch" deb aytdi.

Bu qarorning afg'on ayollari va qizlarining  huquq va erkinliklariga to'sqinlik qilish uchun tashlangan qadamlarning oxirgisi ekanini ta'kidlagan Turk, qabul qilingan qarorni tanqid qildi.

Turk, bu qadam Afg'onistonda 28,3 million kishining gumanitar yordamga juda muhtoj bo'lgan bir davrga to'g'ri kelganini qayd etdi.

Afg'onistondagi himoyasizlarni qo'llab-quvvatlash uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ifoda etgan Turk, bu kabi choralar Afg'oniston xalqini yanada umidsizlikka olib kelishi mumkinligini  bildirdi.

Tolibon rasmiylari tomonidan qabul qilingan bu qaror bilan Afg'oniston xalqiga qarshi tizimli hujumlar davom etganini ta'kidlagan Turk, "“Tolibon rahbariyati Afg‘oniston xalqi va mamlakat kelajagi uchun ayollarga nisbatan bu ayanchli siyosatni qayta ko‘rib chiqishi kerak”. deya qayd etdi.

Talaba qizlarning o‘qishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarordan so‘ng, Tolibon 2022-yil 24-dekabr kuni nodavlat notijorat tashkilotlarda (NNT) ayol xodimlarni keyingi ogohlantirishgacha ishga olishni to‘xtatdi. Ayol kadrlar bilan ishlashni tugatmagan nodavlat notijorat tashkilotlarining litsenziyalari bekor qilinishi qayd etildi.

Shundan so'ng, mamlakatdagi Save The Children, Norvegiya Qochqinlar Kengashi va CARE kabi ba'zi xalqaro yordam tashkilotlari o'z faoliyatini to'xtatgan edi.

Tolibon qaroriga  Yevropa Ittifoqi, BMT, AQSh va ko‘plab davlatlar reaksiya ko’rsatgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tanqid , #Ayollar , #Tolibon , #Afg'oniston , #BMT

Aloqador xabarlar