Eron 7 yil oradan so'ng Birlashgan Arab Amirliklariga elchi tayinladi

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vazirligi Rizo Amiriyni Eronning Abu-Dabidagi elchisi etib tayinlagan.

1970035
Eron 7 yil oradan so'ng Birlashgan Arab Amirliklariga elchi tayinladi

 

Eron 7 yil oradan so'ng Birlashgan Arab Amirliklariga elchi tayinlanganini e'lon qildi.

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Eron Tashqi ishlar vazirligi Rizo Amiriyni Eronning Abu-Dabidagi elchisi etib tayinlagan.

Qayd etilishicha, Amiriy tez orada yangi vazifasini bajarishga kirishish uchun Abu-Dabiga jo'nab ketadi.

Tashqi ishlar vazirligining xorijdagi eronliklar boshqarmasi bosh direktori bo'lgan Rizo Amiriy shu kungacha Eronning Jazoir, Sudan va Eritreyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

Eslatma: 2016-yilning 2-yanvarida Saudiya Arabistonida 47 kishi, jumladan, shia ulamosi Nimr an-Nimr terrorizmga qo'l urganlikda ayblanib qatl etilgan edi. Bu voqeaga munosabat bildirgan Eron rasmiylarining bayonotlari ortidan Eronlik namoyishchilar tomonidan Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasi va Mashhad shahridagi konsullik binolari yoqib yuborilgandi.

Shundan so‘ng Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt va Sudan Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi, BAA esa munosabatlarni muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushirdi va Tehron elchisi bo‘lib ishlagan Seyf Muhammad Ubeyd az-Zabiyni o‘z mamlakatiga chaqirib oldi.

Ikki davlat oʻrtasidagi muzokaralar natijasida 2016-yilda BAAning Tehrondagi elchisi sifatida oʻz mamlakatiga chaqirib olingan Seyf Muhammed Ubeyd az-Zabiy 7 yillik tanaffusdan soʻng 2022-yil 9-sentyabr kuni oldingi vazifasini davom ettirish uchun Eronga kelgandi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Eron

Aloqador xabarlar