AQShning Alabama shtatida tez yordam vertolyoti halokatga uchradi

"Eurocopter EC130" tipidagi tez yordam vertolyoti 3 nafar ekipaji bilan Shelbi okrugi yaqinida qulashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi va bir kishi jarohat oldi.

1969035
AQShning Alabama shtatida tez yordam vertolyoti halokatga uchradi

 

AQShning Alabama shtatida tez yordam vertolyotining qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi.

Federal Aviatsiya Boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Birmingem shtatida bir kishi yurish paytida sog'lig'ida muammolar borligini bildirganidan so'ng, tez yordam vertolyoti mintaqaga yo'naltirildi.

"Eurocopter EC130" tipidagi tez yordam vertolyoti 3 nafar ekipaji bilan Shelbi okrugi yaqinida qulashi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi va bir kishi jarohat oldi.

Voqea haqida xabar berish uchun chaqiriq markaziga qo'ng'iroq qilgan politsiya, vertolyotdagi 3 nafar xodimdan birining voqea joyida halok bo'lganini, shifoxonaga olib ketilgan ikki yaradordan biri vafot etganini bildirdi.

Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #AQSh

Aloqador xabarlar