Germaniya Ukrainaga 18 ta "Leopard" tankini yetkazib berdi

Spiegel jurnalining yozishicha, dam olish kunlari tanklar Germaniyadan Ukraina chegarasiga yetkazilgan.

1965888
Germaniya Ukrainaga 18 ta "Leopard" tankini yetkazib berdi

 

Germaniya hukumati Ukrainaga 18 ta "Leopard" jangovar tanklarini yetkazib bergan.

Spiegel jurnalining yozishicha, dam olish kunlari tanklar Germaniyadan Ukraina chegarasiga yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, “Leopard” tanklari Ukrainaga keng qamrovli qurol-yarog‘ va ehtiyot qismlar bilan yetkazib berilgan.

Xabarda, Leopard tanklaridan tashqari 40 ta Marder tipidagi zirhli jangovar transport vositalarining ham urush hududiga yetib borganligi bildirildi.

Germaniya hukumatining xavfsizlik nuqtai nazaridan qurol jo'natishning aniq yo'lini sir tutgani o'rin olgan xabarda, Germaniya armiyasining so'nggi ikki oyda tezkor ta'lim dasturi bilan Ukraina askarlariga ta'lim bergani eslatildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Germaniya

Aloqador xabarlar