Islom Hamkorlik Tashkiloti zilzila tufayli Turkiya va Suriyani qo’llab- quvvatlaganini bildirdi

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) 6-fevral kuni Qahramanmarashda yuz bergan zilzila tufayli Turkiya va Suriya bilan birdamlik xabarini berdi.

1961564
Islom Hamkorlik Tashkiloti zilzila tufayli Turkiya  va  Suriyani qo’llab- quvvatlaganini bildirdi

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) 6-fevral kuni Qahramanmarashda yuz bergan zilzila tufayli Turkiya va Suriya bilan birdamlik xabarini berdi.

Mavritaniya poytaxti Novakchotda 16-mart kuni boshlangan va kecha yakunlangan 49-IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig’ilishining yakuniy bayonoti e’lon qilindi.

Kahramanmaroshdagi zilzila bilan bog’liq insonparvarlik yordam faoliyatlarining bo’lajak IHT yig’ilishlari kun tartibiga kiritilishini talab qilgan bayonotda, zilzila oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlar qadrlanib, IHT Turkiya va Suriya bilan birdamlikda ekanligi ta’kidlandi.

Bayonotda a’zo davlatlar o‘rtasida IHT bilan hamkorlikda tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozlarga tezkorlik bilan javob berish uchun foydali reja ishlab chiqish taklif qilingan.

IHTga aʼzo mamlakatlarda kuchayib borayotgan gumanitar inqirozlarga bagʻishlangan deklaratsiyada IHT doirasida yuqori darajadagi sessiya oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.

IHT shuningdek, Isroilni Falastindagi jinoyatlari va doimiy huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortish uchun “harakat”ga chaqirdi.

Yig'ilishda ko'p tomonlama xalqaro homiylik ostida Isroil ishg'oliga barham berish va 1967 yil chegaralarida poytaxti Quddus bo'lgan mustaqil Falastin davlatining barpo etilishiga olib keladigan siyosiy jarayonni boshlash taklif qilindi.



Aloqador xabarlar