Germaniya kansleri Olaf Scholz Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishini bildirdi

Germaniya kansleri Olaf Scholz Rossiya bilan taklif qilingan tinchlik muzokaralariga shubha bilan qarashini bildirdi va mamlakati Ukrainaga harbiy yordamini davom ettirishini aytdi.

1959432

Scholz, Butan Bosh vaziri Lotay Tshering bilan poytaxt Berlinda o'tkazgan mushtarak matbuot anjumanida, Rossiyaning 2022-yil 24-fevralda Ukrainaga qarshi boshlagan urushining davom etayotganiga e'tibor qaratdi.

"Rossiya yangi qo'shinlarni jalb qilib, ularni frontga jo'natmoqda. Bunday sharoitda muzokaralar haqida gap bo'lishi mumkin emas". dedi.

" Scholz,biz Ukrainaga harbiy yordam ko'rsatishda davom etamiz. Hozir qilayotgan ishimiz vaziyatni o'zgartirish va Ukraina uchun adolatli tinchlik o'rnatish imkonini yaratishga qaratilgan". dedi u.

Ukrainaning tinchlikka tayyor ekanligini, ammo buning diktatsiya qilingan tinchlik bo'lishi mumkin emasligini ta'kidlagan Scholz,

"Kimdir boshingizga miltiq qo'yganda muzokara qilib bo'lmaydi. Lekin Rossiya prezidenti hali ham buni qilish niyatida".  deb qayd etdi.

Tanlangan kalimalar: #yordam , #Harbiy , #Ukraina , #Olaf Scholz , #kansler , #Germaniya

Aloqador xabarlar