BAA XVJ va Jahon banki yigʻilishlariga mezbonlik qilishdan voz kechdi

Qatar Amirligi mahkamasidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Tani va BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayon telefon orqali muloqot qildi.

1959131
BAA XVJ va Jahon banki yigʻilishlariga mezbonlik qilishdan voz kechdi

 

Birlashgan Arab Amirliklari 2026-yilda boʻlib oʻtadigan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki yigʻilishlariga mezbonlik qilishdan voz kechdi.

Qatar Amirligi mahkamasidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Tani va BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayon telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari va bu munosabatlarni rivojlantirish yo‘llari, mintaqaviy va xalqaro o‘zgarishlar muhokama qilindi.

Al Nahayon Amir Temim bilan uchrashuvida 2026-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan XVJ va Jahon banki yigʻilishlarining tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlashini, biroq  tashkilotga mezbonlik qilishdan Qatar foydasiga voz kechganligini bildirdi.

Qatar amiri, “Birodar BAA prezidentiga Qatarni ushbu uchrashuvlarga mezbonlik qilishda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman” dedi. 


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #BAA

Aloqador xabarlar