Isroil kuchlari falastinlik 10 kishini nazorat ostiga oldi

Isroil armiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Isroil kuchlari G‘arbiy Sohildagi Kalkiya shahri bilan Baytullohimga qarashli Battir shaharchalariga bosqin uyushtirdi.

1958439
Isroil kuchlari falastinlik 10 kishini nazorat ostiga oldi

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda falastinlik 10 kishini nazorat ostiga oldi.

Isroil armiyasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Isroil kuchlari G‘arbiy Sohildagi Kalkiya shahri bilan Baytullohimga qarashli Battir shaharchalariga bosqin uyushtirdi.

Kalkiya shahrida 5, Battir shaharchasida esa 5 nafar falastinlik, Isroil kuchlari avtomobillariga tosh otganliklari iddiosi bilan nazorat ostiga olindi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda tez-tez bosqinlar uyushtirgan Isroil kuchlari, turli iddaolar bilan falastinliklarni nazorat ostiga olmoqda.



Aloqador xabarlar