Gruziyada "xorijiy agentlar" qonun loyihasiga qarshi namoyish davom etmoqda

Gruziya hukumati qonun loyihasini qaytarib olishini rasman e'lon qilganiga qaramay, ko'plab fuqarolar taxminan 3 soat davomida namoyish o'tkazdi.

1957612
Gruziyada "xorijiy agentlar" qonun loyihasiga qarshi namoyish davom etmoqda

 

Gruziya poytaxti Tbilisida 8 mart kuni kechqurun "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishiga qarshi namoyishga chiqqanlar politsiya bilan to‘qnashdi.

Namoyishchilarning parlament binosini qamal qilishi to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

Namoyishchilar kechasi poytaxt Tbilisida parlament binosi oldiga yig‘ilib, noroziliklarga sabab bo‘lgan "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentdan zudlik bilan olib tashlashni talab qildi.

Gruziya hukumati qonun loyihasini qaytarib olishini rasman e'lon qilganiga qaramay, ko'plab fuqarolar taxminan 3 soat davomida namoyish o'tkazdi.

Politsiya norozilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘lladi. Namoyishchilar Gruziya, Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘targani kuzatildi.

Muxolifatdagi “Xalq hokimiyati” partiyasi avvalroq hukmron “Gruziya tasavvuri” partiyasidan chiqqan ayrim deputatlardan iborat parlamentga taqdim etgan qonun loyihasi bugun rasman qaytarib olinishi kutilmoqda.

"Xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasida mablag'larining 20 foizdan ko'prog'ini xorijdan oladigan Gruziya sub'ektlari "chet el agenti" sifatida ro'yxatdan o'tishi yoki jarimaga tortilishi nazarda tutilgan edi.

Muxoliflar va prezident Salome Zurabishvili qonun loyihasi Rossiya buyrug‘i bilan tayyorlanganini ta’kidlab, uning bekor qilinishini aytdi.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili namoyishchilarni qo‘llashini bildirib, "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘yishini bildirdi.

"Keragi bo‘lmagan bu qonun tasodifan paydo bo‘lib qolgani yo‘q, u Moskva tomonidan aytib turilgandir. O‘z kelajagini Yevropada ko‘rayotgan Gruziyadan istiqbolini tortib olishlariga yo‘l qo‘yilmaydi", –deydi Gruziya tarixidagi ilk ayol prezident.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya

Aloqador xabarlar