Zelenskiy Bahmutdagi oxirgi vaziyat ustidan Ukraina harbiy yetakchilari bilan uchrashdi

Bahmut shahri, Donetsk va Lugansk viloyatlari orasida joylashgan. Hozirda Ukraina nazoratida bo‘lgan mintaqa uchun kurash davom etmoqda.

1955690
Zelenskiy Bahmutdagi oxirgi vaziyat ustidan Ukraina harbiy yetakchilari bilan uchrashdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, to‘qnashuvlar avj olgan Bahmut va boshqa hududlardagi oxirgi vaziyat ustidan mamlakatning harbiy yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ukrainaning Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotda: “Amaliyot va strategik birlik guruhi qo‘mondonlari, asosiy jabhalar haqida Zelenskiyga hisobot berdi. Bahmutdagi vaziyat batafsil ko‘rib chiqildi. Mudofaa amaliyotini davom ettirish va Bahmutdagi o‘rnini yana-da mustahkamlash ustidan fikr almashildi”.-deyildi.  

Bahmut shahri, Donetsk va Lugansk viloyatlari orasida joylashgan. Hozirda Ukraina nazoratida bo‘lgan mintaqa uchun kurash davom etmoqda.

O‘tgan kunlarda Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, rus askarlari Bahmutni o‘rab olishga harakat qilgani ifoda etilgandi.

Eslatib o‘tamiz:

O‘tgan 2022-yil 24-fevraldan beri Ukraina armiyasiga qarshi kurashayotgan rus qo‘shinlari, haligacha Bahmutni nazoratga ola olmadi.



Aloqador xabarlar