Efiopiya 2 million kishiga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga chaqirdi

Efiopiya, qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan 2 million kishiga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

1955691
Efiopiya 2 million kishiga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga chaqirdi

Efiopiya, o‘zining janubiy mintaqasida qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan 2 million kishiga insonparvarlik yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Efiopiya Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi, qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rgan 2 million kishiga insonparvarlik yordam yetkazib berilishi uchun hukumat va nodavlat-notijorat tashkilotlarni zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.

Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi Usmon Surur, mamlakat janubidagi kuchli qurgʻoqchilik, yogʻingarchilik kamligi yuzasidan paydo boʻlganini taʼkidladi.

Surur, 342 ming gektarlik qishloq xo‘jaligi maydonining yomg‘ir yog‘maganligi tufayli qurib qolganiga e’tibor qaratib, qurg‘oqchilik muammosini tezda hal qilish kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hukumat va nodavlat-notijorat tashkilotlarini chora ko‘rishga chaqirgan Surur, 2 million kishiga shoshilinch yordam so‘radi.

 



Aloqador xabarlar