Pokistonda xudkushlik hujumi uyushtirildi

Kachchi va Sibi mintaqalari chegarasida joylashgan Bolandagi ko‘prikda politsiya mashinasiga qarshi xudkushlik hujumi uyushtirildi.

1955562
Pokistonda xudkushlik hujumi uyushtirildi

Pokistonning Balujiston viloyatida uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida politsiya xodimlaridan 9 nafari halok bo‘ldi, 11 nafari esa tan jarohati oldi.

Dawn gazetasi xabariga ko‘ra Kachchi va Sibi mintaqalari chegarasida joylashgan Bolandagi ko‘prikda politsiya mashinasiga qarshi xudkushlik hujumi uyushtirildi.

Hujum oqibatida politsiya xodimlaridan 9 nafari halok bo‘ldi, 11 nafari esa tan jarohati oldi.

Hujumni hozircha hech kim o‘z zimmasiga olmadi.

So‘nggi oylarda Pokistonda, xususan, Xayber-Paxtunxva va Balujiston viloyatlarida terror hujumlari avj oldi.

Islomobodning ta’kidlashicha, bu hujumlar Afg‘onistonda joylashgan Pokiston Toliboni tomonidan rejalashtirilib, boshqarilmoqda. Afg‘oniston esa bu ididolarni rad etmoqda.

Pokistonning Peshovar shahrida 30-yanvar kuni peshin namozi paytida jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumida ko‘pchiligi politsiya xodimlaridan jami 102 kishi halok bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Balıjiston , #xudkushlik hujumi

Aloqador xabarlar