Zelenskiy Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbarini ishdan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbari Galina Lugovayani ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzoladi.

1954353
Zelenskiy Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbarini ishdan bo‘shatdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbari Galina Lugovayani ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzoladi.

Ukraina prezidentligi saytida Xerson shahri harbiy ma’muriyatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Zelenskiy imzolagan 2 ta farmon e’lon qilindi.

Zelenskiy o‘z farmoniga ko‘ra Xerson shahar harbiy ma’muriyati rahbari Lugovayani ishdan bo‘shatib, ikkinchi farmon bilan uning o‘rniga Roman Mrochkoni tayinladi.

Ayni paytda Ukraina Rossiyaning oxirgi 24 soat ichida 24 ta havo va 3 ta raketa hujumi amalga oshirganini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh shtabining bayonotida,

“(Rossiya) Chasov Yar va Zaporojya shaharlariga 3 ta raketa bilan hujum qildi” deb aytildi.

Bayonotda, Rossiya kuchlari fuqarolik infratuzilmalariga, jumladan, Sumi viloyatidagi Ulanove qishlog‘i infratuzilmasiga ko‘p barrelli raketalar bilan 55 dan ortiq hujum uyushtirgani qayd etildi.

Rus askarlarining Donetsk viloyatidagi hujumlari haqida ham ma'lumot berilgan bayonotda,

— Dushman Bahmut tarafida yurishda davom etmoqda, Bahmut shahriga hujum qilmoqda. Ifodasi  o’rin olgan.

Hujumlar qaytarilgani bildirilgan bayonotda, Ukraina havo kuchlari rus askarlari va texnikalari to'plangan hududlarga 13 marta zarba bergani qayd etildi.

Boshqa tomondan, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi (Pentagon) matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder, AQShning Rossiya hududidagi nishonlarga hujum qilish uchun Ukrainaga razvedka ma'lumotlari berilgani haqidagi da'volarni rad etdi.

Ukrainadan bir guruh Rossiyaning Klimovskiy shahrining Bryansk viloyatiga qo'poruvchilik qilish maqsadida kirib kelgani va Ukraina armiyasining Rossiya hududidagi ba'zi nishonlarni urishi  ortidan, Kremln, hujumlar AQSh ko'magida amalga oshirilgani haqidagi da'vosiga Pentagon  javob qaytagan.  

Pentagon matbuot kotibi brigada generali Rayder,

“Qattiq aytamanki, biz ukrainaliklarga Rossiya ichidagi manzillarni nishonga olish uchun razvedka yoki ma’lumot beramiz, degan g‘oya bema’nilik.  Biz Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”, — deb bildirdi.

Ryder esa Ukrainaga berilgan qurollarni faqat Ukraina ichida qo'llash va Ukraina yerlarini himoya qilish uchun maslahatlashganliklarini bildirdi.

Bundan tashqari, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikatsiyalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbi, AQSh ertaga Ukrainaga yangi yordam paketini eʼlon qilishini, jumladan HIMARS va artilleriya tizimlari kabi mavjud tizimlar uchun zarur oʻq-dorilar yordamini eʼlon qilishini maʼlum qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar