Zelenskiy harbiy qo‘mondon Eduard Moskalevni ishdan bo‘shatdi

Zelenskiy 113/2023 sonli farmonida Eduard Moskalyovni Donbass hududidagi janglarda qatnashayotgan Ukraina qo‘shma kuchlarining qo‘mondoni lavozimidan ozod etilganini e’lon qilgan. Ammo buning uchun hech qanday sabab keltirilmagan.

1952095
Zelenskiy harbiy qo‘mondon Eduard Moskalevni ishdan bo‘shatdi

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 26 fevral kuni mamlakat sharqida rus qo‘shinlariga qarshi kurash olib borayotgan yuqori martabali harbiy qo‘mondon Eduard Moskalevni ishdan bo‘shatdi. 

Qayd etilishicha, Zelenskiy 113/2023 sonli farmonida Eduard Moskalyovni Donbass hududidagi janglarda qatnashayotgan Ukraina qo‘shma kuchlarining qo‘mondoni lavozimidan ozod etilganini e’lon qilgan. Ammo buning uchun hech qanday sabab keltirilmagan.

Aytish joizki, Eduard Moskalyov bu lavozimga 2022 yilning martida, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay tayinlangan edi. So‘nggi haftalarda esa Zelenskiy u qo‘mondonlik qilayotgan sharqiy frontdagi harbiy vaziyatni og‘riqli deb ta’riflagandi.

Ukraina va G‘arb rasmiylarining aytishicha, Moskva tarafdorlari o‘z sa’y-harakatlarini Baxmut shahriga qaratgan. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining Facebook’dagi sahifasida ham rus qo‘shinlari Baxmut hududida kecha, 26 fevral kuni bir nechta muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirgani ma’lum qilingan.

Farmonda Moskalev o‘rniga kim kelishi aytilmagan.

Ukraina matbuotidagi xabarlarga ko'ra, general-mayor Moskalev 15 mart kuni Ukraina qo‘shma kuchlarining qo‘mondoni lavozimiga tayinlangandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar