Niderlandiya poytaxti Amsterdamda hukumat siyosati qoralandi

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda shahar va butun mamlakat bo'ylab uylar sonining kamligi va ijara haqining juda yuqoriligi sababli norozilik namoyishi o'tkazildi.

1951751
Niderlandiya poytaxti Amsterdamda hukumat siyosati qoralandi

 

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda shahar va butun mamlakat bo'ylab uylar sonining kamligi va ijara haqining juda yuqoriligi sababli norozilik namoyishi o'tkazildi.

"Dam" maydonidagi namoyishda hukumatdan ko'proq uy-joy qurish va arzon ijaraga beriladigan kommunal uylar sonini ko'paytirishni talab qildi.

Namoyishchilar mashhur do‘konlar joylashgan Kalverstraat savdo ko‘chasi orqali Amstel shahar hokimiyati saroyiga tomon yurib bordi.

Namoyishda uy-joy narxining oshishi, ijara haqining keskin oshishi, kommunal uy-joy kutish vaqtlarining uzoqligi va xususiy sektorda arzon uy topishdagi qiyinchiliklarga e’tibor qaratildi.

Namoyishchilar “Uy-joy huquqi – inson huquqi”, “Ijara haqini oshirishni to‘xtating!”, “Xususiy sektorni tartibga solish”, “Jamiyat uy-joylarini tijoratdan ustun qo‘ying!” va “Men shunchaki yashash huquqimni xohlayman!” degan shiorlar bilan chiqish qildi.

Shuningdek, mamlakatda taxminan 315 ming yangi uyga ehtiyoj borligi ta'kidlanib, Niderlandiya hukumatidan uy-joy siyosatini qayta ko'rib chiqish talab qilindi.

So‘zga chiqqanlar aholining kam ta’minlangan qatlamlari va talabalarga munosib uy-joy bilan ta’minlanishini, ijara sohasi monopollashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun uy-joylarni xususiy kompaniyalar tomonidan sotib olinishini talab qilishdi.

Kuchli xavfsizlik choralari ostida o'tgan namoyish noxush voqeasiz yakunlandi.


Tanlangan kalimalar: #Niderlandiya

Aloqador xabarlar