Entoni Blinken:"AQSh Turkiyani qo'llab-quvvatlaydi"

Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri Antoni Blinken, Kahramanmaroshdagi zilzilalardan zarar ko'rgan hududlarda tekshiruv o'tkazdi.

1948656
Entoni Blinken:"AQSh Turkiyani qo'llab-quvvatlaydi"

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri Antoni Blinken, Kahramanmaroshdagi zilzilalardan zarar ko'rgan hududlarda tekshiruv o'tkazish uchun borgan Injirlik havo bazasida Turkiyani qo'llab-quvvatlashga qaror qilganliklarini bildirdi.

Adanadagi Injirlik 10-tanker bazasi qo'mondonligini ziyorat qilgan AQSh Davlat kotibi Blinken, 6-fevral kuni sodir bo'lgan 7,7 va 7,6 magnitudali vayronagarchiliklardan keyin Turk xalqi bilan birga ekanliklarini bildirdi.

Zilziladan so'ng darhol AQSh va boshqa davlatlarning harakatga  o’tganini  bildirgan Blinken:

“Biz bu yerda bir kunda 200 ga yaqin odam, it va boshqa mutaxassislardan iborat qidiruv-qutqaruv guruhlarini tuzdik. Zilziladan keyingi kunlarda boshpana, suv, oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak uchun taxminan 85 million dollarlik yordam oʻtkazildi.  Bugun men muhtojlarga yordam berish uchun yana 100 million dollar yig'ishimizni e'lon qilmoqchiman. Biz buni Qochqinlar va migratsiya bo‘yicha favqulodda vaziyatlar jamg‘armasidan hamda Davlat departamenti va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligiga (USAID) qarashli gumanitar fonddan oldik va u tez orada ishga tushadi”.

USAID zilzila bilan bog'liq tadqiqotlarga juda tez va samarali javob berganini ta'kidlagan Blinken:

"Biz Turkiyani qo'llab-quvvatlashga qaror qildik. Dunyodagi ko'plab davlatlar ham shunday qilmoqda. Bunga erishish uchun ulkan birdamlik va qat'iyat bor".

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun 1 milliard dollarlik insonparvarlik yordam zarurligini eslatgan Blinken,

"Hozirgi vaqtda AQSh 185 million dollar yordam ko'rsatdi, ammo agar boshqa narsa bo'lsa, biz nima qilishimiz mumkinligini ko'ramiz. Boshqa davlatlar aralashmoqda, ammo bu chaqiruvni moliyalashtirish juda ham  shoshilinch va biz boshqalarni bunga undashga harakat qilamiz. Biz taqdim eta oladigan qo'shimcha resurslarni  ham ko'rib chiqamiz "  dedi.

Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun qo‘llaridan kelganini qilishga qaror qilganliklarini ifoda etgan Blinken, “Turk xalqining eng ko‘p bilishini istagan narsa shuki, AQSh ularning yonida  va ular bilan bila  bo‘ladi. Buni engish uchun qancha vaqt kerak bo'lishidan qat'i nazar” yonlarida bo’lamiz deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qo'llab- quvvatladi , #Turkiya , #Zilzila , #AQSh

Aloqador xabarlar