AQSh davlat departamenti voizi Ned Prays Turkiyaga hamdardlik bildirdi

“Ushbu zilzila asrning eng og‘ir zilzilalaridan biri bo‘lib, qurbonlar, omon qolganlar, qutqaruv guruhlari, yordam guruhlari, jabrlangan oilalar, qo‘shni davlatlar va do‘stlarga hamdardlik bildiramiz”, — dedi Ned Prays.

1944865
AQSh davlat departamenti voizi Ned Prays Turkiyaga hamdardlik bildirdi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Davlat departamenti voizi Ned Prays 6-fevral kuni Turkiyada sodir bo'lgan zilzilalar tarixda kuzatilgan eng kuchli zilzilalar ekanligini aytdi.

Prays kundalik matbuot anjumanida zilzilalarni "asr falokati" deb atab, hayotdan ko'z yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

AQSh Turkiya va Suriya xalqiga yordam berish uchun harakat qilayotganini bildirgan Prays, hayotdan ko'z yumganlar orasida 3 nafar AQSh fuqarosining ham borligini aytdi.

“Ushbu zilzila asrning eng og‘ir zilzilalaridan biri bo‘lib, qurbonlar, omon qolganlar, qutqaruv guruhlari, yordam guruhlari, jabrlangan oilalar, qo‘shni davlatlar va do‘stlarga hamdardlik bildiramiz”, — dedi Ned Prays.

AQShning 200 kishidan iborat qutqaruv guruhi zilzila zonasida ekanligini ifoda etgan Prays, ular bilan birga 77 tonna maxsus texnika yuborilganini ma'lum qildi. 

“Bundan tashqari, biz beton maydalagichlar, generatorlar, tibbiy buyumlar, chodirlar, suv va suv tozalash tizimlarini jo'natamiz. AQSh vertolyotlari qutqaruv xodimlarini vayronagarchilik tufayli kirish qiyin bo'lgan hududlarga olib boradi. Shuningdek, biz mintaqada qo'shimcha yordam uskunalarini oldindan joylashtirmoqdamiz, umid qilamizki, ular qutqaruv faoliyatlariga yordam beradi",-deydi u.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ham Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushog'lu bilan telefon orqali muloqot qilganini ifoda etgan Prays:"Turkiya o'tmishda ko'plab mamlakatlarga gumanitar va qutqaruv mutaxassislarini yuborganidek, Turkiyaga yordam berish uchun bu global harakatga qo'shilganimizdan faxrlanamiz",-dedi.

“Turkiyaning ehtiyojlarini qondirish uchun qo’limizdan kelganini qilamiz” degan Prays, Suriyadagi zilziladan jabr ko’rganlarni ham qo’llab-quvvatlashga harakat qilganliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar