Shvetsiya bu safar Qur'onni yoqishga ruxsat berilmadi

Shvetsiyada Daniyaning o‘ta o‘ng qanot “Qat’iy yo‘nalish”  partiyasi yetakchisi Rasmus Paludanning provokatsiyasidan so‘ng bu safar Turkiyadagi Stokgolm elchixonasi oldida Qur’oni Karimni yoqishga ruxsat berilmadi.

1944240

Stokgolm politsiyasi matbuot kotibi Ola Osterlingning ma'lum qilishicha, Turkiyaning Stokgolm elchixonasi oldida Qur'onni yoqish uchun bir kishi tomonidan so'ralgan ruxsatnomaga salbiy javob berilgan deb bildirdi.

Oterling, "Qaror qabul qilishdan oldin Shvetsiya razvedka boshqarmasi SEPO bilan bu mavzuda suhbat o'tkazdik. Natijada,  mazkur  shaxsning harakat qilishiga ruxsat bermaslikka qaror qildik" dedi.

Ruxsat so‘ragan shaxsning  kim ekanligi  oshkor etilmagan.

21 yanvar kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Shvetsiyadagi o‘ta o‘ng qanot “Qat’iy yo‘nalish” partiyasi yetakchisi Rasmus Paludan olomon politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi.

Shvetsiya hukumatining Paludanga Qur'onni yoqishiga ruxsat berishi ko'plab Islom o'lkalari, ayniqsa Turkiya tomonidan norozilik bildirilgan edi.

Paludan 27 yanvar kuni Daniyada bir masjid oldida va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Qur'onni yoqib yuborgan edi.

Gollandiyada  G‘arbning islomlanishiga qarshi vatanparvar yevropaliklar (PEGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld ham Gaagada Qur’onni yirtib tashlagan edi.

Aloqador xabarlar