Zelenskiy don shartnomasi tarkibini kengaytirish vaqti kelganiga e’tibor qaratdi

Zelenskiy, muzokaralar uchun Ukrainaning Odessa shahriga ketgan Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida don kelishuvini baholadi.

1940141
Zelenskiy don shartnomasi tarkibini kengaytirish vaqti kelganiga e’tibor qaratdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, don shartnomasini Mikolayiv portlarigacha kengaytirish vaqti kelganini qayd etdi.

Zelenskiy, muzokaralar uchun Ukrainaning Odessa shahriga ketgan Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida don kelishuvini baholadi.

“Gʻalla tashabbusini Mikolayiv viloyati portlarigacha kengaytirish va kemalar harakatini cheklagan barcha toʻsiqlarni olib tashlash vaqti keldi”. – degan Zelenksiy, bu borada Daniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishdan umidvor ekanliklarini ta’kidladi.  

Zelenskiy, Rossiya bilan Ukraina oʻrtasida 24-fevraldan beri davom etayotgan urush bilan bogʻliq oxirgi vaziyatlarga ham toʻxtalib, ayniqsa, Donbas mintaqasida ogʻir toʻqnashuvlar davom etayotganini yodga soldi.

Zelenskiy, Rossiya qo‘shinlariga qarshi samarali kurashish uchun tanklar zarurligini ta’kidlab, ittifoqchilarga, Ukrainaga tanklar yuborish jarayonini tezlashtirishni taklif qildi.

Daniya Bosh vaziri Frederiksen esa, Zelenskiy bilan Mikolayiv va Odessa viloyatlarida tekshiruv ishlari olib borganini bildirdi.

Frederiksen, Rus hujumlari natijasida ayniqsa, Mikolayiv viloyatidagi infratuzilmalarga jiddiy ziyon yetganini ifoda etib, mintaqani qayta qurish ishlarida Ukrainani qoʻllab-quvvatlashlarini ifoda etdi.

Ukraina infratuzilma vaziri Oleksandr Kubrakov, noyabr oyida hamkorlarga don shartnomasini Mikolayiv portigacha kengaytirishni taklif qilganini ma’lum qilgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) gumanitar masalalar boʻyicha Bosh kotibi oʻrinbosari Martin Griffitsning aytishicha, don kelishuvi yaqin kunlarda boshqa portlarni oʻz ichiga olmaydı.



Aloqador xabarlar