Pokistondagi terror hujumida halok bo‘lganlar soni ortdi

Pokistondagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujmida 100 kishi halok bo‘ldi.

1940083
Pokistondagi terror hujumida halok bo‘lganlar soni ortdi

Kecha Pokistonning Xaybar - Paxtunxva viloyatidagi jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan xudkushlik hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yetdi.

Milliy matbuotning xabar berishicha, kecha, shaharning Police Lines hududida joylashgan jome’ masjidiga qarshi peshin namozi vaqtida uyushtirilgan xudkushlik hujumi ortidan qidiruv – qutqaruv faoliyatlari olib borilmoqda.

Rasmiylar, mazkur hujum oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar sonining 100 nafarga yetgani va qariyb 225 kishini davolash ishlari hali hanuz davom etayotganini ma’lum qildi.

Xaybar - Paxtunxva hukumati, butun shtatda bir kunlik motam eʼlon qildi.

Hujum javobgarchiligini Pokiston Toliboni bo‘yniga olar ekan, hujumning, Tashqi ishlar vaziri Bilaval Butto Zardoriyning Rossiyaga tashrif uyushtirgan vaqtda sodir etilgani esa e’tiborlarni o‘ziga tortdi.

Oxirgi paytlarda hujumlarini kuchaytirgan TTP, 28-noyabr kuni ijtimoiy media orqali, 10-may kuni Islomobod boshqaruvi bilan boshlagan otashkesim tugaganini va oʻz aʼzolariga mamlakat boʻylab xavfsizlik kuchlariga hujum qilishni buyurganini ma’lum qilgandi.

Pokiston, TTPni terrorchi tashkilot deb tan oladi.



Aloqador xabarlar