Guterrish Pokistondagi masjidga uyushtirilgan teraktni qoraladi

"Hujumning ibodat joyida sodir bo'lishi ayniqsa jirkanchlikdir",- dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

1940012
Guterrish Pokistondagi masjidga uyushtirilgan teraktni qoraladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha Pokistondagi masjidga uyushtirilgan teraktni qoraladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dujarrik tomonidan berilgan bayonotda, "Hujumning ibodat joyida sodir bo'lishi ayniqsa jirkanchlikdir",- dedi.

“Din yoki e’tiqod erkinligi, jumladan, tinchlik va xavfsizlikda ibodat qilish umuminsoniy huquq ekanini” ta’kidlagan Guterrish hujumni qoralab, halok bo’lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog’ayib ketishini tiladi.

Pokistonning Peshavar shahrida kecha peshin namozi vaqtida masjidga uyushtirilgan xudkushlik hujumida 72 kishi hayotdan ko'z yumdi, 150 ga yaqin kishi tan jarohati oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Antoniu Guterrish

Aloqador xabarlar