Philips kompaniyasi 6 ming xodimini ishdan chiqarmoqchi

Philips kompaniyasining 2022 yildagi sotuvlari bilan bog'liq bayonotida sotuvlar kamaygani va kompaniya 1,6 milliard dollar zarar ko'rgani aytilgan.

1939534
Philips kompaniyasi 6 ming xodimini ishdan chiqarmoqchi

 

Niderlandiyaning Philips kompaniyasi bonkrotga uchrashi sababli xarajatlarni kamaytirish maqsadida 6 ming xodimini ishdan chiqarishini ma'lum qildi.

Philips kompaniyasining 2022 yildagi sotuvlari bilan bog'liq bayonotida sotuvlar kamaygani va kompaniya 1,6 milliard dollar zarar ko'rgani aytilgan.

Shu sababli kompaniya 2023 yilda 6 ming xodimini ishdan chiqarishni ko’zlamoqda.

Bu odamlarning 1100 nafari mamlakat poytaxti Amsterdam va Eyndxovenda bo'lgani qayd etilgan.

Dunyo bo'ylab qariyb 80 ming xodimga ega bo'lgan kompaniya xarajatlarni kamaytirish maqsadida oktyabr oyida yana 4000 kishini ishdan chiqargandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Philips

Aloqador xabarlar