AQShda xitoylik josus 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

31 yoshli Ji Chaoqun Xitoy Davlat Xavfsizlik Vazirligi agenti sifatida noqonuniy faoliyat yuritib, AQSh armiyasiga noto'g'ri ma'lumot yetkazishda ayblangan.

1938244
AQShda xitoylik josus 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida xitoylik josus 8 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

U Xitoy hukumati uchun muhandislar va olimlar haqida ma'lumot to'plaganlikda ayblanmoqda.

2013-yilda AQShga Illinoys Texnologiya Institutida elektrotexnika bo‘yicha o‘qishga borgan va keyinroq AQSh armiyasining zahiradagi kuchlariga qo‘shilgan xitoylik Ji Chaoqun 2018-yilda hibsga olingan edi.

31 yoshli Ji Chaoqun Xitoy Davlat Xavfsizlik Vazirligi agenti sifatida noqonuniy faoliyat yuritib, AQSh armiyasiga noto'g'ri ma'lumot yetkazishda ayblangan.

Adliya vazirligining xabar berishicha, Jining josusligi Xitoy razvedkasining AQSh kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan aerokosmik va sun'iy yo'ldosh texnologiyalariga kirishga qaratilgan harakatlarining bir qismidir.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #AQSh

Aloqador xabarlar