Microsoft korporatsiyasi 11 ming xodimni ishdan chiqarmoqchi

Iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi kompaniyani shunday choralar ko‘rishga undamoqda.

1935085
Microsoft korporatsiyasi 11 ming xodimni ishdan chiqarmoqchi

 

Amerikaning Microsoft korporatsiyasi shtatning qariyb 5 foizini, ya’ni, taxminan 10-11 ming xodimni qisqartirishni rejalashtirmoqda.

Microsoft bosh direktori Satya Nadella kompaniya xodimlari bilan o'rtoqlashgan maqolasida muhim o'zgarishlar davrini boshidan kechirayotganini, mijozlar va biznes hamkorlari bilan uchrashuvlar o'tkazganini ta'kidladi.

"Dunyoning ba'zi mamlakatlari tanazzulga yuz tutayotgani va ba'zilari retsessiyani kutayotgani uchun har bir sektor va kompaniyalar ehtiyotkor harakat qilayotganini guvohi bo'lib turibmiz",-deydi u.

Ma’lum qilinishicha, AQSHning dasturiy ta’minot giganti bir necha kun ichida butun dunyo bo‘ylab ko‘plab ish o‘rinlarini qisqartirish rejalarini e’lon qilishi mumkin.

Nadella kompaniyaning bu vaziyatdan kuchliroq va raqobatbardosh bo'lishiga ishonchi borligini, ammo bu o'zgarishlarga mos qadamlar qo'yish kerakligini ta'kidladi.

Microsoftning xarajatlarini daromad va mijozlar talabi bilan uyg'unlashtirishlarini bildirgan Nadella, bu doirada 2023 moliya yilining uchinchi choragi oxirigacha 10 ming kishining ishdan bo'shatilishini bildirdi.

Satya Nadella bu raqam Microsoft’ning umumiy xodimlarining 5 foizdan kamrog‘iga to‘g‘ri kelishini eslatib o‘tdi va ayrim sohalardagi o‘rinlarni yo‘qotgan holda, muhim strategik sohalarda kadrlarni yollashda davom etishini ta’kidladi.

Ma'lumotga ko'ra, 220 mingdan ortiq kishi ishlaydigan Microsoft kompaniyasi xodimlarining taxminan 5 foizini qisqartirmoqchi, bu esa 11 ming ish joyini tashkil qiladi.

Iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi kompaniyani shunday choralar ko‘rishga undagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Microsoft

Aloqador xabarlar