Yevropa Ittifoqi Eronda Alirizo Akbariyning qatl etilishini qoraladi

Alirizo Akbariy Eronda Britaniya nomidan josuslik qilganlikda ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilingandi. U ikki fuqarolikka ega bo’lgan (Eron va Buyuk Britaniya fuqaroligi) sobiq Mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi edi.

1933074
Yevropa Ittifoqi Eronda Alirizo Akbariyning qatl etilishini qoraladi

 

Yevropa Ittifoqi Eron Islom Respublikasida ikki fuqarolikka ega bo’lgan (Eron va Buyuk Britaniya fuqaroligi) sobiq Mudofaa vazirining sobiq maslahatchisi Alirizo Akbariyning qatl etilishini shafqatsizlik va qo‘rqoqlik deb atadi. 

“Eronda Britaniya va Eron fuqarosi Alirizo Akbariyning qatl etilishidan hayratdaman. Bu o‘z xalqining inson huquqlarini hurmat qilmaydigan vahshiy rejim tomonidan amalga oshirilgan shafqatsizlik va qo‘rqoqlik harakatidir”,  deb yozdi Britaniya hukumatlari rahbari Twitter’da.

Alirizo Akbariy Eronda Britaniya nomidan josuslik qilganlikda ayblanib, o'lim jazosiga hukm qilingandi.

Yevropa Kengashidan berilgan yozma bayonotda, Yevropa Ittifoqi Akbariyning qatl qilinishini qattiq qoralagani va har qanday sharoitda o'lim jazosiga qarshi ekanligi ta'kidlandi.

Akbariyning oilasiga hamdardlik bildirilgan bayonotda, Britaniya hukumati ular bilan birdam ekani qayd etildi.

“Yevropa fuqarosining qatl etilishi Yevropa Ittifoqi tomonidan yaqindan kuzatiladigan dahshatli voqeadir”, degan ifodalarga o’rin berilgan bayonotda, Yevropa Ittifoqi Eronni o'lim jazosini bekor qilish bo'yicha izchil siyosat olib borishga chaqirdi.

Alirizo Akbariyning hukmi shanba kuni ijro etildi.

Akbariy Eronga oid nozik ma'lumotlarni Buyuk Britaniyaga etkazishda ayblangan.


Tanlangan kalimalar: #Alirizo Akbariy , #Eron , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar