AQSh prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden operatsiya qilingan

Ma`lum qilinishicha, AQSh prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden tanasida saraton xavfi bo'lgan jarohatlarni aniqlagan va ularni olib tashlash uchun operatsiya qilingan.

1931624

Oq uy tomonidan qilingan bayonotda, 71 yoshli Jill Bayden muntazam teri saratoni skrining uchun borgan Valter Rid Milliy Tibbiyot Markazida uning o'ng ko'zi va ko'krak qafasida saratonga aylanishi mumkin bo'lgan yaralar aniqlangani bildirildi.

Jill Baydenga jarohatlarni olib tashlash uchun operatsiya qilingani va operatsiya muvaffaqiyatli o'tgani bildirildi.

Ma`lum qilinishicha, 9 soatlik jarrohlik amaliyotidan so'ng Oq uyga qaytgan Jill Baydenning kayfiyati yaxshi va Jo Bayden rafiqasiga shifoxonada hamrohlik qilgan.

Oq uy shifokori Kevin O'Konnor o'z hisobotida Jill Baydenning tanasidagi jarohatlar teri saratonining keng tarqalgan shakli bo'lganini ta'kidladi.

O'Konnorning ta'kidlashicha, Jill Baydenning chap qovog'idagi uchinchi jarohat ham olib tashlangan va tekshiruvga yuborilgan.

Tanlangan kalimalar: #Operatsiya , #Jill Bayden , #Rafiqasi , #Joe Biden , #AQSh

Aloqador xabarlar