O‘rta yer dengizi yaqinida 108 nafar muhojir qutqarildi

O‘rta yer dengizida muhojirlarga to'la qayiq halokatga uchragan. Unda 108 nafar tartibsiz muhojir bo'lgan. Ularning 94 nafari xorijlik, 14 nafari tunislik boʻlgan. Muhojirlar Tunis sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarilgan.

1926585
O‘rta yer dengizi yaqinida 108 nafar muhojir qutqarildi

 

Tunis sohil xavfsizlik xodimlari O‘rta yer dengizi yaqinida 108 nafar tartibsiz muhojirni o'limdan saqlab qoldi.

Bu haqda Tunis Milliy xavfsizlik kuchlari voizi Husameddin al-Jebabli ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, O‘rta yer dengizida muhojirlarga to'la qayiq halokatga uchragan. Unda 108 nafar tartibsiz muhojir bo'lgan. Ularning 94 nafari xorijlik, 14 nafari tunislik boʻlgan. Muhojirlar Tunis sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan qutqarilgan.

Bundan tashqari, Mahalliy dengiz xavfsizligi bo'linmalari kecha tunda mamlakatning sohilbo'yi va markaziy qismlarida dengiz chegarasini yashirincha kesib o'tishga qaratilgan 6 ta urinishni oldini olgan.

Xalqaro Migratsiya Tashkiloti tomonidan 2022 yil oktyabr oyida e'lon qilingan hisobotga ko'ra, asosan Liviya va Tunis qirg'oqlarida 2021 yil yanvaridan beri Italiya yoki Maltaga o'tishga uringan tartibsiz muhojirlardan 2836 nafari qayiqlarining cho'kib ketishi tufayli hayotdan ko'z yumgan.


Tanlangan kalimalar: #Tunis

Aloqador xabarlar