Germaniyada PKK tarafdorlariga qarshi tergov boshlatildi

Germaniyaning Dortmund shahrida bo'lginchi terror tashkiloti PKK tarafdorlari uyushtirgan namoyishdan so'ng g'azablanganliklari va yaqin atrofdagi turklarga hujum qilganliklari sababli tergov boshlatildi.

1925125

Politsiya bayonotida, 320 PKK tarafdori ishtirok etgan namoyishdan so'ng guruhdan 20-25 kishi atrofdagilar bilan og'zaki tortishgani, politsiyaning aralashuvi bilan voqealar avj olmasdan  tinchitilgani bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi tasvirlar davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ma'lum va tergovda foydalanilganini bildirgan Dortmund politsiyasi, tinchlikni buzish va jismoniy zo'ravonlik qo'llash holatlari bo'yicha tergov boshlanishini va guvohlarning ularga murojaat qilishini talab qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh PKK tarafdorlari  qo'llaridagi  bayroq tayoqchalari bilan bir yoki bir necha kishiga hujum qilib, g'alayon qilayotgani tasvirlari bor deya bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Tergov , #Tarafdorlar , #PKK , #Germaniya

Aloqador xabarlar