Rossiyaga qarshi uyushtirilgan hujumda 3 nafar harbiyning halok boʻlgani qayd etildi

Joriy yilning 24 - fevrali kuni boshlagan Rossiya - Ukraina urushi davom etmoqda.

1923708
Rossiyaga qarshi uyushtirilgan hujumda 3 nafar harbiyning halok boʻlgani qayd etildi

Rossiya Mudofaa vazirligi, Saratov shahridagi “Engels” harbiy havo bazasiga qarshi insonsiz havo vositasi orqali uyushtirilgan hujumda 3 nafar harbiy xizmatchining halok boʻlganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukrainaga oid insonsiz havo vositasining Rossiyaning Saratov shahridagi “Engels” harbiy havo bazasini nishonga olgani bildirildi.

Bayonotda past uchgan insonsiz havo vositasining mahalliy vaqt bilan soat 01:35 da havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgani ifoda etildi.

Insonsiz havo vositasi qismlarining bazaga qulashi oqibatida 3 nafar xodimning halok boʻlgani bildirildi. Ukraina tomonidan esa mazkur hujum haqida hech qanday bayonot berilmadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi 5-dekabr kuni, “Engels” harbiy bazasi bilan Dyagilevo harbiy bazasiga qarshi insonsiz havo vositasi yordamida uyushtirilgan hujumlarda 3 askarning halok boʻlgani va 2 ta samolyotga ziyon yetkazilganini ma’lum qilgandi.

Rossiya, “Engels” harbiy havo bazasidan Ukrainaning turli nuqtalariga uzoq masofali raketalarni uchirish uchun foydalanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya qo‘shinlari 24 - fevral kuni Ukrainaga hujum boshlatgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Engels , #Rossiya - Ukraina urushi

Aloqador xabarlar