Hindistonda 17 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan vafot etdi

Bixar shtatining Saran tumanida spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish taqiqlangan uchta qishloqda alkogolli ichimliklar sotganlikda ayblangan uch kishi qo'lga olindi.

1919395
Hindistonda 17 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan vafot etdi

 

Hindiston sharqida kamida 17 kishi qalbaki ichimlikdan vafot etdi, 20 kishi kasalxonaga yotqizildi.

Bixar shtatining Saran tumanida spirtli ichimliklar ishlab chiqarish, sotish va iste'mol qilish taqiqlangan uchta qishloqda alkogolli ichimliklar sotganlikda ayblangan uch kishi qo'lga olindi.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, qalbaki spirtli ichimlik iste'mol qilgan 17 kishi vafot etgan, kasalxonaga yotqizilgan 20 kishidan bir nechtasi ko'rish qobiliyatini yo'qotgan.

2016 yildan beri Bixar shtatida spirtli ichimliklarni sotish va iste'mol qilish noqonuniy hisoblanadi.

Iyul oyida Gujarat shtatida qalbaki ichimliklar tufayli 39 kishi halok bo‘lgan edi.

2019-yilda mamlakatning Assam shtatida 133 kishi va Uttar-Pradesh shtatida 80 kishi qalbaki spirtli ichimlik tufayli vafot etgan.

Hindistonning Panjob shtatida 2020-yil avgust oyida qalbaki spirtli ichimlikdan 86 kishi halok bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Hindiston

Aloqador xabarlar