BAA “Rashid” nomli kosmik kemasini Oyga yubordi

Shunday qilib, BAA Oyga kosmik kema yuborgan birinchi arab davlatiga aylandi.

1917584
BAA “Rashid” nomli kosmik kemasini Oyga yubordi

 

Birlashgan Arab Amirliklarining “Rashid” nomli kosmik kemasi tadqiqot maqsadida Oyga yuborildi.

Shunday qilib, BAA Oyga kosmik kema yuborgan birinchi arab davlatiga aylandi.

BAA rasmiy agentligi WAM xabariga ko'ra, BAAning "Rashid" kosmik kemasi Amerika Qo'shma Shtatlarining Florida shtatidagi Kanaveral burni bazasidan Amerika kosmik kemasi va raketa ishlab chiqaruvchi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi bilan uchirildi.

Xabarda aytilishicha, kosmik kemaning Oyga taxminan 5 oy ichida yetib borishi kutilmoqda.

BAAning 30-noyabr kuni razvedkaga yuboradigan kosmik kemasining uchirilish sanasi ikki marta kechiktirilgandi.

Ta'kidlanishicha, kosmik kema Oyning geologik tuzilishini, tog' jinslarini, plazmasini, changini, oy tuprog'ini tadqiq qilish, yangi texnikalarni ishlab chiqish uchun ma'lumotlar yig'ish kabi vazifalarni bajaradi.


Tanlangan kalimalar: #BAA

Aloqador xabarlar