Vabo epidemiyasi o'z ta'sirini ko'rsatgan Suriyaga 2 million doza vaktsina yuborilgan

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) vabo epidemiyasi o'z ta'sirini ko'rsatgan Suriyaga 2 million dozaga yaqin vaktsina yuborilganini e'lon qildi.

1912645

Tashkilot tomonidan qilingan yozma bayonotda, epidemiya  tasirli bo'lgan Halab, Raqqa, Hasaka va Dayr ez-Zor shaharlarida 4 dekabrdan e'tiboran og'iz orqali qabul qilingan taxminan 2 million doza vaboga qarshi vaksina tatbiq etilishi ma'lum qilindi.

Bayonotda fikrlari o'rin olgan UNICEF Suriya vakili Ghada Kachachi epidemiya eng ko'p bolalarga ta'sir qilganini aytdi.

Vaksinalarni o‘z vaqtida yetkazib berish UNICEF uchun eng muhim vazifa hisoblanadi, chunki kasallanish holatlari ko‘payib bormoqda”. Degan ifoda o’rin oldi.

Suriyada oy boshida berilgan bayonotda vabo tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 88, kasallanish soni esa 31 ming 544 deb qayd etilgan.

Aloqador xabarlar