Nigeriya janubidagi operatsiyada 13 nafar jangari yo'q qilindi

Operatsiya chog'ida jangarilarga tegishli 19ta qurol va muhim o'q-dorilar ham qo'lga kiritilgan.

1907711
Nigeriya janubidagi operatsiyada 13 nafar jangari yo'q qilindi

 

Nigeriya janubidagi Imo shtatida terror tashkiloti deb e'lon qilingan Biafra Yerli Xalqlari (IPOB)ning 13 nafar a'zosi o'ldirildi.

Mudofaa vazirligi media operatsiyalari direktori Musa Danmadami ma'lum qilishicha, armiya Imo shtatida IPOBga a'zo jangarilarga qarshi operatsiya olib bormoqda.

Operatsiya chog'ida 13 nafar jangari yo'q qilingan, 6 nafar jangari esa qo'lga olingan. Operatsiyalar chog'ida Mustaqil Milliy Saylov Komissiyasining yo'qolgan saylovchilarni ro'yxatga olish jihozi topilgan.

Shuningdek, jangarilarga tegishli 19ta qurol va muhim o'q-dorilar ham qo'lga kiritilgan.

Nigeriya janubida ayirmachi Biafra mahalliy xalqlari vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirmoqda. Ular tomonidan 14-noyabr kuni Imo provinsiyasida sodir etilgan so‘nggi hujumda 5 kishi halok bo‘lgandi.

1967 yilda Biafra aholisi Nigeriya janubida mustaqil Biafra davlatini barpo etish talabi bilan ko'tarilgan fuqarolar urushida millionlab odamlar halok bo'lgandi.

1967 yilda mamlakat janubi-sharqida tashkil etilgan Biafra Respublikasi fuqarolar urushi yakunida Nigeriya suvereniteti ostiga qaytgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar