G'azodagi qochqinlar lagerida sodir bo'lgan yong'inda 21 kishi halok bo'ldi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos juma kuni yong‘in falokatidan so‘ng mamlakatda milliy motam e’lon qildi.

1907681
G'azodagi qochqinlar lagerida sodir bo'lgan yong'inda 21 kishi halok bo'ldi

 

G'azo shimolidagi Jabaliya qochqinlar lagerida sodir bo'lgan yong'inda 21 kishi halok bo'ldi.

G'azodagi Falastin Ichki ishlar vazirligi bayonotida, Jabaliya lageridagi bir binoda yong'in chiqqanini bildirdi.

Fuqaro mudofaa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, yong'in chiqqan binoda 21 kishining jasadi topilgan, ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Yong‘inda jabrlanganlar soni haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etilishicha, fuqaro muhofazasi guruhlari yong‘inni nazorat qilib, uning boshqa binolarga o‘tishining oldini olgan.

Dastlabki aniqlashlarga ko‘ra, yong‘inga binoda saqlanayotgan benzin sabab bo‘lgan, hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos juma kuni yong‘in falokatidan so‘ng mamlakatda milliy motam e’lon qildi.

Boshqa tomondan, Turkiya G'azodagi Jabaliya qochqinlar lagerida sodir bo'lgan yong'inda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan mamlakatga ta'ziya maktubi yo'lladi.

“G’azodagi Jabaliya qochqinlar lageridagi binoda 17-noyabrga o’tar kechasi sodir bo’lgan yong’in oqibatida ko’plab insonlar, jumladan, bolalar hayotdan ko’z yumgani va jarohatlangani katta qayg’u bilan o’rganildi. Hayotdan ko'z yumganlarga Allohdan rahmat, oila a'zolariga, birodar Falastin xalqi va Falastin davlatiga hamdardlik, yaradorlarga esa tezroq sog'ayib ketishlarini tilaymiz",-deyiladi hamdardlik maktubida.


Tanlangan kalimalar: #G'azo

Aloqador xabarlar