Afrikaga G20ga doimiy a'zo bo'lish haqida taklif kiritildi

Indoneziyaning Bali shahridagi G20 sammiti doirasida bo'lib o'tgan "Energiya va oziq-ovqat xavfsizligi" mavzusidagi sessiyada Senegal Prezidenti Makki Sall Afrikadan G20 ning doimiy a'zosi bo'lishini talab qildi.

1907024
Afrikaga G20ga doimiy a'zo bo'lish haqida taklif kiritildi

 

Afrika Ittifoqi muddatli rahbari Makki Sall Afrikadan G20 ning doimiy a'zosi bo'lishini talab qildi.

Indoneziyaning Bali shahridagi G20 sammiti doirasida bo'lib o'tgan "Energiya va oziq-ovqat xavfsizligi" mavzusidagi sessiyada Senegal Prezidenti Makki Sall nutq so'zladi.

Afrika xalqaro maydonda shak-shubhasiz hamkor ekanligini ta'kidlagan Sall, yalpi ichki mahsulot bo'yicha qit'a dunyoning 8-iqtisodiyoti ekanligini ta'kidladi.

U shuningdek, Afrika dunyodagi ekin maydonlarining 60 foizidan ortig'iga ega ekanligini eslatib, qit'a aholisining 2050-yilda 2,5 milliardga yetishini ma'lum qildi.

"Men hamkasblarimni ushbu faktlarni hisobga olgan holda Afrikaning G20ga doimiy a'zo bo'lishi bo'yicha chora ko'rishga taklif qilaman" dedi u.

Qit'adagi oziq-ovqat va energiya xavfsizligi haqida ma'lumot bergan Sall, Afrika davlatlari iqtisodlari chet el manbalariga qaram bo'lgani uchun yana-da zaif holatda ekanligini ta'kidladi.

U qolaversa, Sahelda 2,2 million odam ocharchilikka duch kelganini aytdi va global ta'minot zanjirlarini yanada adolatli va inklyuziv qilishga ustuvor ahamiyat berish kerakligini ta'kidladi.

Energiya tizimlarini o'zgartirishning dolzarbligini ta'kidlagan Sall, shuningdek, Afrikaning iqlim bo'yicha Parij kelishuviga rioya qilish majburiyatini takrorladi.


Tanlangan kalimalar: #G20 sammiti , #Afrika

Aloqador xabarlar