Eronning Sheroz shahridagi teraktga aloqador 26 kishi hibsga olindi

Eron rasmiy agentligi IRNA razvedka vazirligining bayonotiga asoslanib bergan xabarga ko'ra, hibsga olinganlar Tojikiston, Afg'oniston va Ozarbayjon fuqarolari ekani aytilmoqda.

1903498
Eronning Sheroz shahridagi teraktga aloqador 26 kishi hibsga olindi

 

Eronning Sheroz shahrida 26 oktyabr kuni 15 kishining hayotiga zomin bo'lgan qurolli hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 26 kishi hibsga olindi.

Eron rasmiy agentligi IRNA razvedka vazirligining bayonotiga asoslanib bergan xabarga ko'ra, Sherozdagi Shoh Cherag maqbarasiga uyushtirilgan hujum bilan bog'liq tergov doirasida hozirgacha 26 kishi qo'lga olindi. Ularning deyarli barchasi chet ellik.

Hibsga olinganlar Tojikiston, Afg'oniston va Ozarbayjon fuqarolari ekani aytilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Ozarbayjon poytaxti Bakudan samolyot bilan Eron hududiga kirganidan so'ng Afg'onistondagi terror tashkiloti DEASH unsurlari bilan aloqaga chiqqan Ozarbayjon fuqarosi hujumning asosiy faoli deb topilmoqda.

Boshqa tomondan, ba'zi manbalar hujumni uyushtirgan shaxsning "Sobhan Kumruni" ismli Tojikiston fuqarosi ekanligini da'vo qilmoqda.

Eslatma: Eron davlat televideniyesi 26 oktyabr kuni Fors viloyatining ma’muriy markazi Sheroz shahridagi Shoh Cherag maqbarasiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 15 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgani va 21 kishi yaralanganini ma’lum qilgandi.

Terror tashkiloti DEASH hujum uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi.

Voqeadan so'ng qo'lga olingan jangarining shifoxonada vafot etgani ma'lum qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Eron

Aloqador xabarlar