Germaniya kansleri Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi

Bugun, 4 noyabr kuni Germaniya Bosh vaziri Olaf Shols Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi. Shols pandemiya boshlanganidan beri ilk marta Xitoyga kelgan G7 (katta yettilik) yetakchisi bo‘ldi.

1902382
Germaniya kansleri Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi

 

Bugun, 4 noyabr kuni Germaniya Bosh vaziri Olaf Shols Xitoyga rasmiy tashrif bilan keldi. Shols pandemiya boshlanganidan beri ilk marta Xitoyga kelgan G7 (katta yettilik) yetakchisi bo‘ldi. 

Bu haqda Xinhua xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Germaniya kansleri Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashgan. Muzokaralar chog‘ida, Si “o‘zgarish va notinchlik” davrida Germaniya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, davlat yetakchilari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, iqlim o‘zgarishi va iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazgan.

Ko‘plab tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Sholsning tashrifi bir-necha yillar davomida keskinlashib kelalayotgan G‘arb va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda Xitoy Raisi Si Szinpin Scholzning lavozimga kirishganidan keyin Xitoyga birinchi tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro tushunish va ishonchni yaxshilash, turli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish hamda oʻzaro aloqalarni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratishini taʼkidladi.

Bu yil Xitoy-Germaniya diplomatik munosabatlarining 50 yilligi nishonlanayotganini eslatgan Si Szinpin, agar tomonlar bir-birini hurmat qilsa, til topishsa, bir-biridan saboq olib, oʻzaro hamkorlik qilsa, oʻtgan 50 yil toʻgʻri yoʻnalishda o‘zaro manfaat asosida rivojlanadi dedi.

Germaniya kansleri Xitoy rahbariga dunyodagi taranglik vaziyatida o‘zaro uchrashib, gaplashganlari yaxshi bo‘lganini aytgan. Sholsning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina yerlariga bostirib kirishi ma’lum tartib-qoidalarga asoslangan dunyoda muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bosh vazir Si bilan muzokaralarda global ochlikka qarshi kurash to‘g‘risida ham so‘z ochgan.

Dunyo murakkab va beqaror sharoitlarni boshidan kechirayotganiga e'tibor qaratgan Si Szinpin, Xitoy va Germaniya ikki nufuzli davlat sifatida bu o'zgarish va beqarorlik davrida global tinchlik va taraqqiyotga hissa qo'shishi kerak degan fikrni bildirdi.

Germaniya kansleri Shols yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi boshlanganidan beri Xitoyga tashrif buyurgan birinchi G7 davlat rahbari bo‘ldi. Scholz, shuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasining o'tgan hafta bo'lib o'tgan 20-Milliy Kongressidan keyin mamlakatga tashrif buyurgan birinchi rahbarlar qatorida edi.

XXR raisi Si Szinpin har besh yilda bir marta o‘tkaziladigan qurultoyda bosh kotib etib qayta saylandi va Xitoy Xalq Respublikasi asoschisi Mao Tsidun davridan beri ikki muddatdan ortiq partiya rahbariyatini egallab turgan birinchi yetakchiga aylandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Olaf Scholz , #Germaniya , #Xitoy

Aloqador xabarlar