Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi

Qayd etilishicha, raketalar Txonchxon okrugi hududidan mahalliy vaqt bilan 11:59 dan 12:18 gacha uchirilgan.

1899108
Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi

 

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi va Yaponiya hukumati Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi (Sharqiy dengiz) yoʻnalishi boʻyicha ikkita ballistik raketa uchirgani haqida maʼlum qildi.
Janubiy Koreya Bosh shtabi maʼlumotlariga koʻra, Shimoliy Koreya janubi-sharqidagi Gangvon provinsiyasidan ikkita qisqa masofali ballistik raketa uchirildi. 

Qayd etilishicha, raketalar Txonchxon okrugi hududidan mahalliy vaqt bilan 11:59 dan 12:18 gacha uchirilgan. 

Janubiy Koreya harbiylari hozircha raketa turi yoki uchirishning masofa, balandlik va parvoz tezligi kabi boshqa tafsilotlarini ma’lum qilgani yo‘q. 

Yaponiya hukumati esa, raketalar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgani va hududda harakatlanayotgan kema va samolyotlarga hech qanday zarar yetkazilmaganini e'lon qildi.

Raketa sinovlari AQSh va Janubiy Koreya tomonidan hafta boshida o‘tkaziladigan qo‘shma harbiy havo mashqlari oldidan amalga oshirilgani diqqatni jalb etmoqda.

Shunday qilib, Pxenyan ma’muriyati 2022 yil boshidan buyon  BMT rezolyutsiyalarini buzgan holda 28 ta raketa sinovini amalga oshirdi, uchta holatda qanotli raketalar, qolganlarida ballistik raketalar uchirildi. 


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar