Peskov: Eronga oid Insonsiz havo transportlaridan foydalanmayapmiz

Peskov, “Rossiyaning Ukrainada Eronning insonsiz havo transportlaridan foydalanayotgani” haqidagi iddiolarni baholadi.

1894535
Peskov: Eronga oid Insonsiz havo transportlaridan foydalanmayapmiz

Rus yetakchiligi Ukrainada Eronga oid Insonsiz havo transportlaridan foydalangani haqidagi iddiolarni rad etdi.

Kreml matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan bayonotida, 24-fevraldan beri davom etayotgan urushda “Rossiyaning Ukrainada Eronning insonsiz havo transportlaridan foydalanayotgani” haqidagi iddiolarni baholadi.

Bu haqda hech qanday ma’lumotlari yo‘qligini ta’kidlagan Peskov:

“(Ukraina urushida) Ruscha nomlari bor, rus texnikasidan foydalanilmoqda. Siz buni bilasiz. Boshqa savollarni Rossiya Mudofaa vazirligiga yuborishingiz mumkin”. – deya gapirdi.

Amerikalik rasmiylar, Rossiyaning Ukrainada Eronda ishlab chiqarilgan insonsiz havo transportlaridan foydalanayotganini iddio etar ekan, Ukraina rasmiylari mamlakatda koʻplab hujumlarning ayniqsa kamikadze dronlar orqali sodir boʻlayotganini xabar qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Peskov , #Insonsiz havo transportlari

Aloqador xabarlar