AQSh F-16 samolyotlarini Turkiyaga sotilishini cheklovchi qonun loyihasi olib tashlandi

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) F-16 samolyotlarining Turkiyaga sotilishini cheklovchi shartlar bilan bog'laydigan qo'shimchalar 2023 yilgi Milliy Mudofaa Ruxsatnomasi Qonun loyihasining Senat versiyasidan olib tashlandi.

1891750

AQSh Senati 2023 yilgi mudofaa byudjetini o'z ichiga olgan NDAA qonun loyihasini yakunlash uchun yig'ildi.

Kongressdagi manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Nyu-Jersi senatori demokrat Menendez va Merilend senatori van Hollen tomonidan taqdim etilgan va Turkiyaning AQShdan F-16 sotib olishni shart qilib qo'ygan ikki qo'shimcha ham qonun loyihasidan olib tashlandi.

Senat NDAA qonun loyihasini tugatgandan so'ng, u Vakillar palatasi versiyasi bilan qo'shma matnga aylantiriladi va tasdiqlash uchun prezident Jo Baydenning stoliga yuboriladi.

Turkiyaning F-16 sotib olishini shart qilgan shunga o'xshash qo'shimcha NDAA qonun loyihasining Vakillar Palatasiga qo'shildi, ammo bu qo'shimchalarning qo'shma matnda olib tashlanishi kutilmoqda.

Senatdagi bu o'zgarishgarlar Turkiyaning Vashingtondagi diplomatik sa'y-harakatlari samarali bo'lgani bildirildi.

Tanlangan kalimalar: #Sotish , #F-16 , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar